Gruziya hukumati Yevropa Ittifoqiga  a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi

“Biz Yevropa Ittifoqining tegishli idoralarini bizning arizamizni zudlik bilan ko‘rib chiqishga va Gruziyaga YeI nomzodi maqomini berish bo‘yicha qaror qabul qilishga chaqiramiz”,-dedi Irakliy Kobaxidze.

1788870
Gruziya hukumati Yevropa Ittifoqiga  a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi

 

Gruziya hukumati bugun Yevropa Ittifoqiga  a’zo bo‘lish uchun tegishli idoralarga ariza topshirdi.

Bu haqda hukmron "Gruziya xayoli" partiyasi rahbari va Gruziya parlamentida koʻpchilik yetakchisi Irakliy Kobaxidze matbuotga bergan brifingda ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, Gruziya imkon qadar tezroq Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlishni xohlaydi.

Maqsad Gruziyani yana ham xavfsizroq, iqtisodiy jihatdan kuchliroq va muvaffaqiyatli davlatga aylantirish ekanligi qayd etildi.

“Biz Yevropa Ittifoqining tegishli idoralarini bizning arizamizni zudlik bilan ko‘rib chiqishga va Gruziyaga YeI nomzodi maqomini berish bo‘yicha qaror qabul qilishga chaqiramiz”,-dedi Irakliy Kobaxidze.

Kobaxidze 24-fevral kuni boshlangan Rossiya-Ukraina urushida Ukrainani qo'llab-quvvatlashini va Tbilisi ma'muriyati sifatida Ukraina bilan birga ekanligini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Gruziya

Aloqador xabarlar