“Eurovision 2016” g‘olibi Jamala Ukrainadagi rus hujumlari yuzasidan Turkiyaga keldi

Qrim tatarlik qo‘shiqchi Jamala, Istanbulda Ukrainadagi rus hujumlari haqida bayonot berdi.

1788493
“Eurovision 2016” g‘olibi Jamala Ukrainadagi rus hujumlari yuzasidan Turkiyaga keldi
Jamala.jpg
Jamala.jpg

“Eurovision 2016” g‘olibi qrimlik tatar qo‘shiqchi Jamala, Ukrainadagi rus hujumlari yuzasidan 2 farzandi bilan Turkiyaga keldi.

Istanbulda matbuot anjumani uyushtirgan Jamala, Rossiya-Ukraina urushi haqida bergan bayonotida:

“Ukrainada gunohsiz tinch aholi bir necha kundan beri bombardimon qilinmoqda. Kiyevda Ukrainaning aksariyat qismida ayollar, bolalar, keksalar va tinch aholi omon qolish uchun kurashmoqda”.-dedi.

Turkiyaga, turk xalqi va Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga hech qanday shartsiz bergan ko‘maklari uchun Ukraina xalqi nomidan minnatdorchilik bildirgan qoshiqchi, “Turkiya necha yuz yildan beri bo‘lganidek bu jarayonda ham hech qanday shartsiz insoniy javobgarchiligi va vijdoni uchun o‘z darvozasini oxirigacha ochdi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yosh ijodkor 2 nafar farzandi bilan Turkiyaga kelgunga qadar boshidan kechirgan qiyinchiliklarga ham to‘xtalgan holda:

“Turkiyaga qochqin sifatida kelaman deb hech o‘ylamagandim”, - deya gapirdi.

Kiyevda 24-fevral kuni ertalab bomba ovozidan uyg‘onganliklarini ifoda etgan Jamala, Qrim tatar bo‘lgan buvisining ham boshqa Qrim tatarlari kabi 1944-yili o‘z vatanlarini tark etishga majbur qolganiga e’tibor qaratgan holda, o‘zining ham huddi buvisidek o‘z yurtini tark etishga majbur qolishini hech o‘ylamaganini ta’kidladi.   

Urush tugashi kerakligini qo‘shimcha qilgan qo‘shiqchi,

“Turmush o‘rtog‘im Ukrainada qoldi va men bu yerga, ovozimni yana bir bor dunyoga eshittirish uchun keldim. Chunki bu urush tugashi kerak va hamma urushga qarshi chiqishi shart”.-dedi.

 



Aloqador xabarlar