Zelenskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi haqidagi arizani imzoladi

"Bugun Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun arizani imzoladim. Bu haqiqat ekaniga ishonchim komil", deb yozdi prezident Zelenskiy Telegram'dagi sahifasida.

1787270
Zelenskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi haqidagi arizani imzoladi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi haqidagi arizani imzoladi.

"Bugun Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun arizani imzoladim. Bu haqiqat ekaniga ishonchim komil", deb yozdi prezident Zelenskiy Telegram'dagi sahifasida.

Ariza Yevropa Kengashi, Yevroparlament rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron nomiga yo‘llangan.

Avvalroq, Zelenskiy o‘z murojaatida Ukraina hukumati Yevropa Ittifoqidan "yangi maxsus tartib" asosida mamlakatni zudlik bilan tarkibiga qabul qilishni so‘rayotgani haqida gapirgandi.

Zelenskiy, shuningdek, Rossiya Ukraina xalqiga qarshi hujumini davom ettirayotganini aytdi.

“Rossiya Ukrainaga hujum qilgan 4 kun ichida 16 nafar yosh bola halok boʻldi, 45 nafari yaralandi”,-dedi Ukraina prezidenti.

G'arb  davlatlari Ukrainani qo'llab-quvvatlashda davom etganiga e'tibor qaratgan Zelenskiy, Rossiya hujumlar tufayli juda katta yo'qotishlarga uchraganini ham ta'kidladi.

"4500 nafar rus askari halok bo'ldi. Qurolni tashlang va bu yerni tark eting. Qo'mondonlaringiz va targ'ibotchilaringizga ishonmang, hayotingizni saqlab qoling!",-dedi mamlakat prezidenti.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina

Aloqador xabarlar