AQSh Rossiyaning yadroviy raketalardan foydalanishini keraksiz deb baholadi

Qo'shma Shtatlar (AQSh) ma'muriyati Rossiyaning o'zining "to'xtatuvchi kuchlari", jumladan, yadroviy qurol va gipertovushli raketalarni maxsus urush missiyasiga o'tkazishini "keraksiz va taranglikni kuchaytiruvchi bir qadam" deb ta'rifladi.

1786679

,Ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan AQSh mudofaa vazirligining yuqori martabali amaldori jurnalistlarga Rossiya o‘zining “to‘xtatuvchi kuchlari”, jumladan, yadroviy qurollar va gipertovushli raketalarni maxsus urush missiyasiga o‘tkazayotganini baholadi.

AQSh bu qadamdan endigina xabar topganini va oldindan razvedka ma'lumotlariga ega emasligini ta'kidlagan rasmiy

"Biz bu qadamni keraksiz va  taranglikni kuchaytirishiga  ishonamiz, chunki Rossiya hech qachon G'arb yoki NATO tomonidan tahdid qilinmagan". Izoh etdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar o‘zini yadroviy hujumlardan himoya qilish vositalariga ega.

Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki ham ABC telekanalidagi efirda Rossiyaning bu so'nggi qadamini baholadi.

Rossiya hech qachon NATO yoki Ukraina tahdidi ostida bo'lmaganini ta'kidlagan Psaki

"Bu qadamlarning barchasi (Rossiya prezidenti Vladimir) Putinning uydirmalarining bir qismi va biz bunga qarshi turamiz. Biz o‘zimizni himoya qilish imkoniyatiga egamiz, lekin Putin qilayotgan ishlarga ham qarshi turishimiz kerak". iboralarni ishlatgan.

Psaki, Ukraina hujumi uchun Rossiyaning  to'lashi uchun har qadamni qo'yishlarini va kerak bo'lsa energiya sektorini ham  nishonga olishlarini qo'shimcha qildi.

Tanlangan kalimalar: #Keraksiz , #to'xtatuvchi kuchlar , #Rossiya , #AQSh

Aloqador xabarlar