Kuleba oʻzlarini himoya qilishlari va gʻalabaga erishajaklarini qayd etdi

Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba, Ukrainadagi oxirgi vaziyat haqida ma'lumot berdi.

1784151
Kuleba oʻzlarini himoya qilishlari va gʻalabaga erishajaklarini qayd etdi

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba, oʻzlarini himoya qilishlari va gʻalabaga erishajaklarini qayd etdi.

Dmitriy Kuleba:

“Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlatdi. Ukrainaning tinch shaharlarida hujumlar davom etmoqda. Ukraina o‘zini himoya qiladi va g‘alabaga erishadi. Dunyo Putinni to‘xtata olishi mumkun, to‘xtatishi kerak. Harakat qilish vaqti keldi”.-dedi.

Boshqa tomondan Vladimir Putinning Ukraina sharqidagi Donbasda maxsus harbiy amaliyot boshlatganini e’lon qilishi ortidan poytaxt Kiyev bilan bir qatorda mamlakatning turli shaharlarida portlash ovozlari eshitila boshladi.

Kiyevdan tashqari Xarkov, Kramatorsk, Mariupol, Nikolayev va Odessa shaharlarida ham ketma-ket portlashlar yuz berdi. Rasmiylar, bu shovqinlarga raketa hujumlari sabab boʻlganini bildirdi.

Donbas mintaqasida oʻrin olgan Kramatorsk shahri ustida esa qiruvchi uchoqlar ovozi eshitildi.

Hujumlarda qayerlarga zarba berilgani yoki qurbonlar bor-yo‘qligi shuningdek, rus askarlarining, separatistlar zonasidan tashqariga oʻtib-oʻtmagani haqida hech qanday bayonot berilmadi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Kiyev , #Dmitriy Kuleba , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar