Rossiya Ukrainadagi diplomatlarini evakuatsiya qilishini maʼlum qildi

"Rossiya ma'muriyati yaqinda o'zining diplomatik xodimlarini Ukrainadan evakuatsiya qilishga qaror qildi",-deyiladi bayonotda.

1783663
Rossiya Ukrainadagi diplomatlarini evakuatsiya qilishini maʼlum qildi

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi diplomatlarini tez orada evakuatsiya qilishini maʼlum qildi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi bilan birga Odessa, Lvov va Xarkovdagi konsulliklariga 2014-yildan beri davomli hujumlar uyushtirilgani iddao qilindi.

Bayonotda, ushbu hujumlar tufayli Rossiya diplomatlari, elchixona va konsullik xodimlarini evakuatsiya qilish to'g'risida qaror olinganligi ta'kidlandi.

"Rossiya ma'muriyati yaqinda o'zining diplomatik xodimlarini Ukrainadan evakuatsiya qilishga qaror qildi",-deyiladi bayonotda.

Eslatma: 21-fevral dushanba kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

U shuningdek, Rossiya Qurolli kuchlariga Donetsk va Lugansk xalq respublikalari deb atalgan hududlarda tinchlikni saqlashni topshirdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar