Gavayi orollarida vertolyot qulashi oqibatida 4 kishi halok bo'ldi

AQSh Milliy Transport xavfsizligi kengashi tomonidan ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida, "Sikorsky S-61N" rusumli vertolyotning halokat sabablari o'rganilayotgani ma'lum qilindi.

1783633
Gavayi orollarida vertolyot qulashi oqibatida 4 kishi halok bo'ldi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari dengiz floti uchun ishlovchi pudratchi kompaniyaga tegishli vertolyotning Gavayi orollarida qulashi oqibatida 4 kishi halok bo'ldi.

AQSh Harbiy-dengiz kuchlari tomonidan berilgan bayonotda, kompaniyaga tegishli vertolyotning Gavayidagi Kauai oroliga qulagani qayd etildi.

Bayonotda, voqea oqibatida vertolyot bortida bo'lgan 4 kishining hayotdan ko'z yumgani bildirildi.

AQSh Milliy Transport xavfsizligi kengashi tomonidan ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida, "Sikorsky S-61N" rusumli vertolyotning halokat sabablari o'rganilayotgani ma'lum qilindi.


Tanlangan kalimalar: #vertolyot halokati , #AQSh

Aloqador xabarlar