Putin Donetsk va Luganskni tan oldi va bu haqidagi qarornomani imzoladi

Vladimir Putin xalqqa murojaat qildi.

1782694
Putin Donetsk va Luganskni tan oldi va bu haqidagi qarornomani imzoladi
Rusya.2.jpg

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin:

“Rossiya parlamenti Donetsk va Lugansk mustaqilligini qoʻllab-quvvatlaydi”.-degan ifodalarga oʻrin bergan holda,

“(Ukraina sharqida) Donbas tarixan Rossiyaning bir boʻlagidir”.-dedi.

Vladimir Putin xalqqa murojaat qildi.

Ukraina sharqining eski Rossiya hududi ekanini tilga olgan holda, tarixan Rossiya imperiyasining bir qismi boʻlgan joylarni berishga majbur qolganliklarini qayd etgan Putin: 

“O‘tmishni o‘zgartirish imkonsiz lekin haqiqatni gapirish kerak”.-dedi.

“Zamonaviy Ukraina Rossiya tomonidan tashkil topgan”.-degan Putin:

“Ukrainani tashqi kuchlar boshqarmoqda. Nozik qarorlar gʻarbliklar tomonidan olinmoqda, xalq esa talon-taroj qilinmoqda”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.  

Rossiya rahbarining aytishicha, Ukraina ular uchun shunchaki qo‘shni emas, balki Rossiya tarixining bir qismi, ukrainaliklar esa ularning yoʻldoshlari, qarindoshlari.

Vladimir Putin, Donbasdagi igʻvogarchilikning toʻxtatilishi kerakligini, aks holda javobgarchilik Ukraina zimmasiga tushishini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

“G‘arblik hamkasblarimiz bilan muzokaralar olib borishga tayyormiz”, - degan Rossiya rahbari, “lekin bizning talablarimiz bajarilishi kerak”.-deb qayd etdi.

Xalqqa murojaati ortidan Putin, Ukraina sharqidagi Rossiya tarafdori separatistlar yetakchiligining tan olinishi haqidagi qarornomani imzolab, uni, tasdiqlanishi uchun parlamentga yubordi.

Besh moddadan iborat boʻlgan qarornomada Putinning Rossiya Qurolli kuchlariga Donetsk va Lugansk xalq respublikalarida tinchlikni saqlash uchun faoliyat olib borishi uchun ko‘rsatma bergani qayd etildi.

Bundan tashqari, Putin Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga ham Donetsk va Lugansk tarafdorlari bilan diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi ustidan kelishuvlar tuzishni topshirdi.

Qayd etilishicha, mazkur qarornomalar imzolangan kundan boshlab kuchga kirgan.

 



Aloqador xabarlar