Jo Bayden Milliy xavfsizlik kengashini favqulodda yig'ilishga chaqirdi

Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden kecha, 20-fevral kuni Milliy xavfsizlik kengashini Ukraina inqirozini muhokama qilish uchun yig'ilishga chaqirishini ma'lum qilindi.

1781676

Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki yozma bayonotida shunday dedi:

"Prezident Bayden Ukrainada keskinlashib borayotgan vaziyatni kuzatishda davom etmoqda va milliy xavfsizlik guruhi tomonidan joylarda sodir bo'layotgan voqealar haqida muntazam ravishda xabardor qilinadi. Ular (milliy xavfsizlik guruhi) Rossiya istalgan vaqtda Ukrainaga hujum qilishi mumkinligini tasdiqladi".

Baydenning o'rinbosari Kamala Xarrisning Germaniyaning Myunxen shahrida bo'lib o'tgan Myunxen Xavfsizlik konferentsiyasi doirasida ittifoqchi davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlari haqida ma'lumot berilganini ta'kidlagan Psaki, “Prezident bugun tushdan keyin Ukrainadagi vaziyat boʻyicha Milliy xavfsizlik kengashini chaqiradi”,-dedi.

Bayden juma kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga bostirib kirishga qaror qilganini va ular Rossiya armiyasi Kiyevga hujum qilishini taxmin qilganini ma'lum qilgandi.

Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar