Rossiya Ukraina chegarasidagi mashg'ulotlarni yakunladi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina chegarasi yaqinida mashg'ulotlarni yakunlagan ba'zi tanklar va askarlarning doimiy bazalariga qaytganini ma'lum qildi.

1780938

Rossiya Mudofaa vazirligidan berilgan yozma bayonotda, G'arbiy harbiy okrugga qarashli ba'zi tank va bo'linmalarning mashg'ulotlarni yakunlagandan so'ng Nijniy Novgoroddagi doimiy bazalariga qaytgani bildirildi.

Rossiya harbiy-dengiz kuchlari tomonidan berilgan boshqa bir bayonotda, noqonuniy ravishda  qo’shib olingan Qrimdagi harbiy faoliyatlar haqida ma'lumot berildi.

Bayonotda,

“Mashqlar davomida Qrimdagi 10 ta Su-24 qiruvchi samolyoti Rossiyaning boshqa hududlaridagi bazalarga joylashtirildi”,-deyildi.

Tanlangan kalimalar: #Qaytdi , #Askarlar , #Mashg'ulot , #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar