BMT: Ukraina va Rossiya oʻrtasida avj olgan taranglik oʻta xavfli

Rozmari DiKarlo, BMT Xavfsizlik kengashidagi brifingida, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi o‘q uzishni to‘xtatish kelishuviga amal qilinmagan oxirgi voqeadan xavotirda ekanini bildirdi.

1780643
BMT: Ukraina va Rossiya oʻrtasida avj olgan taranglik oʻta xavfli

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Ukraina va Rossiya oʻrtasida avj olgan taranglikning oʻta xavfli ekanini qayd etgan holda, tomonlarni hushyorlikka chaqirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Rozmari DiKarlo, BMT Xavfsizlik kengashidagi brifingida, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi o‘q uzishni to‘xtatish kelishuviga amal qilinmagan oxirgi voqeadan xavotirda ekanini bildirdi.

DiKarlo,

“Haqiqat shuki, mavjud vaziyat judayam xavfli. Barcha tomonlarni maksimal darajada hushyorlikka undaymiz”.-dedi.

Ukraina sharqida 2014-yildan beri 14 ming kishi halok boʻlgani va yangi toʻqnashuv ehtimolining qabul qilinishi imkonsizligini ta’kidlagan DiKarlo, Ukraina mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina va Rossiya , #BMT , #Rozmari DiKarlo

Aloqador xabarlar