Eron TIV rahbari Rossiya va Ukraina mojarolariga munosabat bildirdi

Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon Eron ikki davlat oʻrtasidagi muammoni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun har qanday zarur yordamni ko'rsatishga tayyorligini bildirdi.

1780941
Eron TIV rahbari Rossiya va Ukraina mojarolariga munosabat bildirdi

 

Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan Moskva va Kiyev o'rtasidagi taranglikka doir so'nggi o'zgarishlarni muhokama qildi.

Eron Tashqi ishlar vazirligidan berilgan bayonotga ko'ra, Abdullahiyon va Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba o'zaro aloqalar va xalqaro o'zgarishlar haqida telefon orqali muloqot qildi.

Abdullahiyon Eron hukumati Ukraina bilan turli sohalarda ikki tomonlama aloqalarini kengaytirish va rivojlantirishga qat’iy qaror qilganligini bildirdi.

Ukraina va Rossiya o'rtasidagi inqirozga ishora qilgan Abdullahiyon keskinlikning pasayganidan mamnunligini bildirib, mavjud muammo uchinchi davlatlarning aralashuvisiz muloqot va diplomatik kanallar orqali hal qilinishiga umid bildirdi.

Abdullahiyon Eron ikki davlat oʻrtasidagi muammoni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun har qanday zarur yordamni ko'rsatishga tayyorligini bildirdi.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Kuleba Kiyev va Tehron o‘rtasida har doim yaxshi munosabatlar bo‘lganini va bugungacha uchinchi tomonlar bu yaxshi munosabatlarga ta’sir o‘tkaza olmaganini ta’kidladi.

Eronning mavjud inqirozga nisbatan pozitsiyasini ijobiy baholaganini ifoda etgan Kuleba, Rossiya bilan urush qilish niyati yo'qligini, muammoni diplomatik va tinch yo'l bilan hal qilish uchun harakat qilganliklarini ta'kidladi.

Kuleba ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarning so'nggi yillarda rivojlanganligini ta'kidlab, o'zaro savdo hajmining yanada ortishiga umid bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Eron

Aloqador xabarlar