Ukraina, Buyuk Britaniya va Polsha o'rtasida hamkorlik ittifoqi tuzildi

Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba poytaxt Kiyevda Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Truss bilan o'tkazilgan qo'shma matbuot anjumanida ma'lum qilgan.

1780906
Ukraina, Buyuk Britaniya va Polsha o'rtasida hamkorlik ittifoqi tuzildi

 

Ukraina hukumati Buyuk Britaniya va Polsha bilan uch tomonlama hamkorlik ittifoqi o'rnatganligi ma'lum qilindi.

Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba poytaxt Kiyevda Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Truss bilan o'tkazilgan qo'shma matbuot anjumanida ma'lum qilgan.

Ukraina, Britaniya va Polsha o'rtasida uch tomonlama hamkorlik formati tashkil etilganini e'lon qilishdan faxrlanishini tilga olgan Kuleba, keyinroq ushbu format bo'yicha batafsil qo'shma bayonot e'lon qilinishini qayd etdi.

Qo'shma bayonotda Polsha va Britaniya Ukrainaning hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun Ukraina xalqi bilan yelkama-yelka harakat qilishi bildirildi.

"Polsha va Britaniya mamlakatimizni himoya qilishimizga yordam beradi",-deydi u.

U shuningdek, yangi format a'zolari iqtisodiyot, savdo, energetika va dezinformatsiyaga qarshi kurash sohalarida hamkorlik qilishlarini aytdi.

Truss, shuningdek, Britaniya Ukrainaga energiyada chetda to'be bo'lishini oldini olish uchun sohani moliyalashtirishni 100 million funt sterlinggacha oshirishlarini e'lon qildi.

Kiyevning “Rossiya tajovuzkorligi” qarshisida mustahkam turishiga qoyil qolishini bildirgan Truss, "Biz Buyuk Britaniyada Ukrainani qo'llab-quvvatlashda oldingi safda turganimizdan faxrlanamiz" ,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Polsha , #Buyuk Britaniya , #Ukraina

Aloqador xabarlar