Bobda uyushtirilgan terakt 1 kishining umriga zomin bo‘ldi

Bob tumanida bomba o‘rnatilgan avtomobil portlatildi.

1780188
Bobda uyushtirilgan terakt 1 kishining umriga zomin bo‘ldi

Suriya shimolidagi Bob tumanida bomba o‘rnatilgan avtomobilning portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

“Firot qalqoni” amaliyoti orqali terrordan qutqarilgan Bob tumani markazidagi “Fotima Zuhro” nomidagi jome’ masjidi yaqinida avtomobilga o‘rnatilgan bomba portladi.

Terakt oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

Voqea joyida tergov ishlari olib borayotgan mahalliy xavfsizlik kuchlari, hujumning YPG /PKK terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkin degan fikrda.

Suriya shimolidagi Bob tumani 2017-yil fevral oyida “Firot qalqoni” amaliyoti doirasida DEASh terror tashkilotidan qutqarilgandi.



Aloqador xabarlar