Bayden bilan Makron Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi oxirgi vaziyatni qo‘lga oldi

AQSh Prezidenti Jo Bayden bilan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron telefon orqali muloqat qildi.

1779543
Bayden bilan Makron Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi oxirgi vaziyatni qo‘lga oldi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden bilan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi taranglik ustidan oxirgi vaziyatlarni muhokama qildi.

Oq uydan yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra Bayden bilan Makron telefon orqali muloqat qilib unda, Ukraina inqirozini gaplashgan.

Rus va ukrainalik hamkorlari bilan amalga oshirgan so‘nggi muzokaralarini baholagan Bayden bilan Makron, Ukraina masalasida diplomatiya yo‘lini takrorlagan.

Bayden va Makron, Rossiyaning Ukraina chegarasidagi harbiy kuchini oshirishiga javoban ittifoqchi va hamkor davlatlar bilan yaqin koordinatsiya ichida olib borilgan diplomatiya va oldini olish choralarini muhokama qilar ekan shu bilan birga, NATOning sharqiy qanotining mustahkamlanishini qayd etdi. Muloqat chog‘ida Rossiya Ukrainani bosib olgudek bo‘lsa unda yo‘lga qo‘yiladigan qattiq iqtisodiy qadamlar ham unutilmadi.

 



Aloqador xabarlar