Gretsiya Ukrainadagi fuqarolarini mamlakatni darhol tark etishga chaqirdi

“Bu mamlakatdagi Gretsiya fuqarolariga imkon qadar tezroq mamlakatni tark etish tavsiya etiladi”,- deyiladi bayonotda.

1778517
Gretsiya Ukrainadagi fuqarolarini mamlakatni darhol tark etishga chaqirdi

 

Gretsiya Ukrainada bo'lib turgan fuqarolarini mamlakatni darhol tark etishga chaqirdi.

Yunoniston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, kecha, 14-fevral kuni Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias, Mudofaa vaziri Nikos Panayotopoulos, Ta'lim va Din ishlari vaziri Niki Kerameos va Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Andreas Kachanyotis ishtirokida yig'ilish o'tkazilgan.

Yig'ilish yakuni bo'yicha berilgan bayonotda Gretsiya hukumati o'z fuqarolarini Ukrainaga sayohat qilmaslikka chaqirgan.

“Bu mamlakatdagi Gretsiya fuqarolariga imkon qadar tezroq mamlakatni tark etish tavsiya etiladi”,- deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, Gretsiyaning Kiyevdagi elchixonasi xodimlari sonining minimal darajaga tushirilgani, Mariupoldagi Bosh konsullik xodimlarining xavfsizligi qo'llab-quvvatlanishi bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Gretsiya

Aloqador xabarlar