Vladimir Zelenskiy Jo Baydenni Kiyevga taklif qildi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 13-fevral kuni AQSh Prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qildi.

1778087
Vladimir Zelenskiy Jo Baydenni Kiyevga taklif qildi

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 13-fevral kuni AQSh Prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qildi.

Oq uydan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Jo Bayden Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbat chog'ida AQSh Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiqligini yana bir bor ta'kidladi.

Bayden, agar Rossiya Ukrainaga har qanday hujum qilishga urinsa, AQSh va uning ittifoqchilari va hamkorlari “tez va qatʼiy” javob choralari ko'rishini oshkora ma'lum qildi.

Yetakchilar shuningdek, Rossiyaning Ukraina chegarasiga qoʻshinlarini toʻplashiga javoban diplomatiya va tiyilish yoʻlidan borishni davom ettirish muhimligi borasida hamfikr ekanligini taʼkidladilar.

Zelenskiy Baydenga Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan va Kiyevga “samarali xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish muhimligini” qayd etgan. 

U shuningdek, xavfsiz Ukrainasiz xavfsiz Yevropa bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlagan. 

Zelenskiy AQSh bilan mudofaa sohasida faol hamkorlikni yuqori baholab, "Biz hali NATOga a'zo emasmiz. Shuning uchun faqat kuchli Ukraina armiyasi mamlakatimiz xavfsizligi kafolatidir",-deb aytgan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH Prezidenti Jo Baydenni Kiyevga taklif qildi. 

“Ishonchim komilki, sizning yaqin kunlarda Kiyevga kelishingiz kuchli signal bo‘ladi va vaziyatni yumshatishga hissa qo‘shadi”, degan Zelenskiy. 

Eslatma: 12 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Rossiya yetakchisi Baydenga G‘arb Minsk kelishuvlarini amalga oshirish uchun Kiyevga kerakli bosim o‘tkazmayotganini ta’kidlagan. 


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar