Isroil bosh vaziri Naftali Bennet Jo Bayden bilan muloqot qildi

Bennet o'tgan hafta Suriyada terror tashkiloti DEASH yetakchisi Abu Ibrohim al-Xoshimiy al-Qurayshiyning o'ldirilganligi munosabati bilan Baydenga minnatdorlik bildirdi.

1774467
Isroil bosh vaziri Naftali Bennet Jo Bayden bilan muloqot qildi

 

Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog’ida mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilindi.

Isroil Bosh Vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Bennet o'tgan hafta Suriyada terror tashkiloti DEASH yetakchisi Abu Ibrohim al-Xoshimiy al-Qurayshiyning o'ldirilganligi munosabati bilan Baydenga minnatdorlik bildirdi.

Ta’kidlanishicha, Bennet va Bayden suhbat chog‘ida mintaqaviy masalalar, xususan, “Eronning yadro dasturini oldini olish bo‘yicha qadamlar” va Rossiya-Ukraina inqirozini muhokama qilgan.

"Bosh vazir Bennet Prezident Bayden va AQSh ma'muriyatiga Isroilga ko'rsatgan yordamlari uchun minnatdorlik bildirdi",-deyiladi bayonotda.

Bennet suhbat davomida Bayden va uning turmush o'rtog'ini Isroilga taklif qilgani bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #Naftali Bennet

Aloqador xabarlar