Kolumbiyada ko‘mir konida yuz bergan portlashda besh ishchi halok bo‘ldi

Kolumbiyaning Boyaca mintaqasidagi Samaka shahrida tungi vaqtda metan gazining siqilishi natijasida ko'mir konida portlash sodir bo'ldi.

1774228
Kolumbiyada ko‘mir konida yuz bergan portlashda besh ishchi halok bo‘ldi

 

Kolumbiyadagi ko‘mir konida yuz bergan portlashda besh ishchi halok bo‘ldi.

Kolumbiyaning Boyaca mintaqasidagi Samaka shahrida tungi vaqtda metan gazining siqilishi natijasida ko'mir konida portlash sodir bo'ldi.

Milliy kon agentligi (ANM) tomonidan berilgan bayonotda, portlashdan so'ng ishchilarning shaxtada qolib ketgani va qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangani bildirildi.

Taxminan 5 soat davom etgan qutqaruv ishlaridan so'ng bedarak yo'qolgan ishchilarning o'lik holda topilgani bildirildi.

ANM bayonotida kon faoliyati qonuniy ravishda amalga oshirilgani va barcha zarur xavfsizlik shartlari bajarilgani qayd etilgan.


Tanlangan kalimalar: #Kolumbiya

Aloqador xabarlar