Putin: AQSH Moskvaning xavotirlarini mensimadi

AQSHning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha javobidan ko‘rinib turibdiki, Amerika tomoni Rossiyaning asosiy tashvishlarini e’tiborsiz qoldirgan. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ma'lum qilgan.

1771903
Putin: AQSH Moskvaning xavotirlarini mensimadi

 

AQSHning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha javobidan ko‘rinib turibdiki, Amerika tomoni Rossiyaning asosiy tashvishlarini e’tiborsiz qoldirgan.

Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Rossiya Prezidenti Moskva 26 yanvar kuni AQSH va NATOdan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha takliflarga kelib tushgan javoblarni sinchiklab tahlil qilayotganini ta’kidlagan. 

“Biz uchta asosiy talabimiz yetarlicha ko‘rib chiqilganini ko‘rmadik”, -deb aytgan Prezident. 

Rossiya rahbari Ukraina bilan bogʻliq salbiy holatlarning oldini olish uchun barcha tomonlarning manfaatlarini hisobga olish kerakligini taʼkidladi.

"Agar biz vaziyatning bunday salbiy rivojlanishining oldini olishni istasak, barcha mamlakatlar, shu jumladan Rossiya manfaatlari haqiqatan ham hisobga olinishi va muammoni hal qilish uchun muqobil yo'llarni topish kerakligi aniq",-dedi Vladimir Putin.

Rossiya Prezidenti NATO va Amerika Qo'shma Shtatlariga javobi haqida,

“Bu oson bo'lmaydi, lekin bir qarorga kelamiz. Bugun sizga javob nima bo'lishini aytishga tayyor emasman",-dedi.

Dekabr oyida AQSh va NATOga yuborilgan "Yevropada xavfsizlik kafolatlari" to'g'risidagi kelishuv bo'yicha o'z taklifida Rossiya NATOning Sharqqa tomon kengayishidan voz kechishni va Sharqiy Yevropadan kuchlarni olib chiqishni talab qilgandi.

O'tgan hafta NATO va AQSh tomonidan berilgan javobda, NATOning ochiq eshiklar siyosati davom etishi, qurol nazorati va qurolsizlanish kabi mavzularda muzokaralarga tayyor ekanligi bildirildi.

Ma'lumot uchun: Asosiy fikrlar orasida Putin alyans kengayishining oldini olish, Rossiya chegaralari yaqinida zarba beruvchi qurol tizimlarini joylashtirishdan bosh tortish, shuningdek, NATOning Yevropadagi harbiy infratuzilmasini 1997 yilgi holatga qaytarishni qayd etdi.

Uning eslatishicha, Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng alyans o‘z infratuzilmasini sharqqa ko‘chirmaslikka va’da bergan, biroq hozir bu blokga Boltiqbo‘yi davlatlari, Polsha va Ruminiya kiradi. 

Shu bilan birga, Prezident “ochiq eshiklar” siyosati alyans hujjatlarining hech qayerida qayd etilmaganiga e’tibor qaratgan. 

Eslatma: Joriy yilning 26 yanvar kuni AQSHning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Vashingtondan Rossiyaning xavfsizlik takliflariga yozma javobini olib kelgandi. 

So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmaydi. Shu bilan birga, Peskov bunday bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi va Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch bilan hal qilishga urinishlar eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Putin , #Rossiya

Aloqador xabarlar