Italiya bosh vaziri Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi

Italiya Bosh Vazirligidan berilgan yozma bayonotda, Draghi va Putinning telefon muloqotida Ukraina inqirozi doirasidagi so'nggi o'zgarishlarni va ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni muhokama qilgani bildirildi.

1771733
Italiya bosh vaziri Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi

 

Italiya bosh vaziri Mario Dragi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Italiya Bosh Vazirligidan berilgan yozma bayonotda, Draghi va Putinning telefon muloqotida Ukraina inqirozi doirasidagi so'nggi o'zgarishlarni va ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni muhokama qilgani bildirildi.

Bayonotda, Draghi inqirozning kuchayishi bilan yuzaga keladigan jiddiy oqibatlar nuqtai nazaridan taranglikni kamaytirish uchun harakat qilishning ahamiyatiga urg'u berganligi qayd etildi.

Shuningdek, ikki davlat rahbarlari inqirozni barqaror va uzoq muddatli hal etish, shuningdek, ishonch muhitini shakllantirish yo‘lida harakat qilish bo‘yicha umumiy majburiyat to‘g‘risida kelishib olgani qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Putin , #Italiya , #Mario Dragi

Aloqador xabarlar