Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukrainaga tashrif buyuradi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Rossiya o‘z chegaralariga qo‘shin kiritgan Ukrainaga tashrif buyurib, o‘z yordamini ko‘rsatadi.

1771498
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukrainaga tashrif buyuradi

 

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Rossiya o‘z chegaralariga qo‘shin kiritgan Ukrainaga tashrif buyurib, o‘z yordamini ko‘rsatadi.

Bosh vazirning 10-sonli idorasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Jonson bugun poytaxt Kievda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi.

Tashrif davomida Jonson, shuningdek, Ukrainaning Rossiya energetika resurslariga qaramligini kamaytirishga yordam berish uchun 88 million funt sterling miqdorida yangi moliyalashtirishni e'lon qiladi.

Tashrif oldidan baho berib, Jonson shunday dedi:

"Har bir ukrainalik oʻzini qanday boshqarishini oʻzi belgilashga haqli. Britaniya doʻst va demokratik hamkor sifatida Ukrainani yoʻq qilishga urinayotganlarga qarshi Ukraina suverenitetini himoya qilishda davom etadi". dedi.

Jonson Rossiyani diplomatik yechim topish va qon to‘kilishining oldini olish uchun orqaga chekinishga va muloqotga kirishishga chaqirdi.

Rossiya Ukrainada hukumatni ag'darib, o'ziga yaqin rejim o'rnatishni rejalashtirayotganini e'lon qilgan Britaniya Kiyevga tankga qarshi qurollar yuborgan edi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tashrif , #Ukraina , #Boris Jonson , #Buyuk Britaniya

Aloqador xabarlar