AQSh Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga qo‘shin yuborish niyati yo‘qligini  ma’lum qildi

Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki kunlik matbuot anjumanida Rossiyaning har qanday bir  vaqtda Ukrainaga bostirib kirish tahdidi davom etayotganini, ammo buning qachon amalga oshishini taxmin qilishmaganini aytdi.

1768362
AQSh Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga qo‘shin yuborish niyati yo‘qligini  ma’lum qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga qo‘shin yuborish niyati yo‘qligini  ma’lum qildi.

Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki kunlik matbuot anjumanida Rossiyaning har qanday bir  vaqtda Ukrainaga bostirib kirish tahdidi davom etayotganini, ammo buning qachon amalga oshishini taxmin qilishmaganini aytdi.  

"Biz (Rossiya prezidenti Vladimir) Putinning fikrlarini o'qiy olmaymiz." iborasini ishlatgan.

AQShning har xil stsenariylar uchun ogohlantirish holatida ekanligini ta'kidlagan Psaki, "Bizning afzal ko'rgan yo'limiz diplomatiya, lekin chegara hududida harakatchanlikning ortganini ko'rmoqdamiz" deya o‘z mulohazalarini bildirdi.

Baydenning ayni damda NATOning sharqiy qanotiga e'tibor qaratganini ta'kidlagan Psaki, "Aniqlik uchun Baydenning Ukrainaga qo'shin yuborish niyati ham, istagi ham yo'q" dedi.

Shu bilan birga, Jo Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga bostirib kirsa, unga qarshi sanksiyalar qo‘llashi mumkinligini aytdi.

Jo Bayden poytaxt Vashingtondagi kichik biznesga tashrifi chog‘ida jurnalistlar savollariga javob berdi.

“Agar Putin Ukrainaga bostirib kirsa, unga qarshi sanksiya qo’yasizmi? Bayden bu savolga "Ha" deb javob berdi.

 Hech bir Yevropa davlatining qo‘rqishiga hojat yo’q . Bayden, 8 ming 500 amerikalik askarning NATOning Sharqiy qanotidagi davlatlarni himoya qilish uchun ogohlantirish holatida kutayotganini va bu askarlarning bir qismi yaqin kelajakda Yevropaga ko'chib o'tishi mumkinligini bildirdi. dedi.

Ukrainaga ehtimoliy bosqinning Rossiya uchun iqtisodiy oqibatlarga olib kelishini ifoda etgan Bayden, “Ukrainaga Amerika yoki NATO askarlarini joylashtirish rejamiz yo’q” dedi u.

Putinni bosqinning  evazi  "juda og'ir" bo'lishi haqida ogohlantirganiga diqqat qaratgan Bayden, "Ukrainaga butun askarlari bilan chegarada kirsa, bu Ikkinchi jahon urushidan beri eng katta bosqin bo'lishini aytdim. Bu vaziyat butun dunyoni o'zgartiradi " iboralarni ishlatgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar