Boris Jonson Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga erishish uchun vaqt oz qolganini aytdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga erishish uchun vaqt  oz  qolganini aytdi.

1757419

Bosh vazirning 10-sonli idorasidan berilgan bayonotga ko'ra, Jonson Isroil Bosh vaziri Naftali Bennett bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Liderlar Avstriya poytaxti Vena shahrida Eron yadro dasturi boʻyicha xalqaro muzokaralar, shuningdek, erkin savdo kelishuvi va yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) ning Omikron variantiga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda Bosh vazir Jonson Buyuk Britaniya “muzokaralar yadroviy kelishuv toʻliq qayta tiklanishi bilan yakunlanishini xohlashini” aytdi.

Biroq, Britaniya bosh vaziri Eron buning uchun vijdonan harakat qilishi kerakligini qayd etdi.

“Diplomatik eshik ochiq, ammo kelishuvga erishish uchun vaqt  kamaydi”. Deya qayd etdi.

Aloqador xabarlar