Braziliyadagi tabiiy ofat 20 kishining umriga zomin boʻldi
Braziliyaning shimolida joylashgan Baxiya shtatida sel falokati yuz berdi.
1753851
Braziliyadagi sel falokati tufayli hayotdan koʻz yumganlar soni 20 nafarga yetdi.
Mamlakat shimolida joylashgan Baxiya shtatidagi 37 ta shahar suv ostida qoldi.
Rasmiylar, tabiiy ofatdan jabr koʻrgan 430 ming 869 kishidan 16 ming nafarining uy-joyidan ayrilganini, 19 ming 580 kishining mintaqadan evakuatsiya qilinganini ma’lum qildi.
Kuchli yomg‘ir tufayli Baxiya shtatida ikkita to‘g‘on qular ekan, to‘g‘on yaqinida yashovchi insonlarni evakuatsiya qilishga chaqirildi.
Mamlakatda sel falokati tufayli 72 ta shaharda favqulodda holat e’lon qilindi.
Aloqador xabarlar
Afg‘oniston shimolida yuzaga kelgan suv toshqinlarida kamida 15 kishi halok bo‘ldi.
Afgʻonistonda tabiiy ofat yuzasidan har yili yuzlab inson halok boʻlmoqda.