Somalida uyushtirilgan bombali hujumda 5 kishi halok bo‘ldi

Somalida bir restoranga qarshi uyushtirilgan bombali hujumda 5 kishi halok bo‘ldi.

1743368
Somalida uyushtirilgan bombali hujumda 5 kishi halok bo‘ldi

Somalida bir restoranga qarshi uyushtirilgan bombali hujumda 5 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi tan jarohati oldi.

Baidoa hududi mudiri O‘mer Muhammad, hujumning janubi-g‘arb viloyatida faoliyat olib borgan va gavjum bir restoranda amalga oshirilganini ma’lum qildi.

Muhammad, “Yashirin ravishda restoranga olib kirilgan bombaning portlashi natijasida besh kishi halok bo‘ldi”, — dedi.

Hujumda hayotdan ko‘z yumganlardan birining askar ekanini qayd etgan Muhammad, 6 kishining esa tan jarohati olganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Hujum javobgarchiligini Ash-Shabab terror tashkiloti o‘z zimmasiga olgani e’lon qilindi.

Ash-Shabob Somalida tez-tez xavfsizlik kuchlari va tinch aholini nishonga olgan hujumlar uyushtirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Somali , #bombali hujum , #Ash-Shabob

Aloqador xabarlar