Shvetsiyada birinchi ayol bosh vaziri Magdalena Andersson 7 soatdan keyin iste'foga chiqdi

Shvetsiyada birinchi ayol bosh vazir etib saylangan Magdalena Andersson 7 soatdan keyin iste'foga chiqishini e'lon qildi.

1738678

Sotsial-demokratik partiya rahbari Andersson kecha ertalab parlamentda o'tkazilgan ovoz berishda ishonch ovozi olib, Shvetsiyaning birinchi ayol bosh vaziri etib saylangan edi.

Shundan so'ng, koalitsiya hukumatining sherigi Yashillar partiyasi o'ng partiyalar tomonidan tayyorlangan byudjet parlamentdan o'tishi ortidan hukumat tarkibidan chiqqanini e'lon qildi.

Yashillar partiyasi hukumat tarkibidan chiqqanidan so‘ng, bosh vazir Andersson o‘z lavozimidan iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Shu tariqa, Anderssonning premerligi 7 soat davom etdi.

Yashillar partiyasi hamraisi Per Bolund

"Biz mamlakatni  o’ng  partiyalar tomonidan tuzilgan byudjet bilan boshqarishni xohlamaymiz va shuning uchun biz hukumatdan chiqishni tanladik." iboralarni ishlatgan.

Aloqador xabarlar