Nigerdagi maktabda yuz bergan yong‘in oqibatida 25 bola halok bo‘ldi

Yong'inda 14 o'quvchi jarohat olgan. Ulardan 5 nafari og'ir ahvolda. Bugundan e'tiboran mamlakatda 3 kunlik milliy motam e'lon qilingan.

1731581
Nigerdagi maktabda yuz bergan yong‘in oqibatida 25 bola halok bo‘ldi

 

Kecha, 8 noyabr kuni Nigerning Maradi viloyatidagi maktablardan birida yuz bergan yong‘in oqibatida 25 bola halok bo‘lgan. Ularning yoshi 5-6 yosh ekani aytilmoqda. Yong'inda 14 o'quvchi jarohat olgan. Ulardan 5 nafari og'ir ahvolda.

Bugundan e'tiboran mamlakatda 3 kunlik milliy motam e'lon qilingan. Bu haqda Maradi meri Chayba Abubakar ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, yong‘in poxoldan qurilgan maktabdagi 3 ta sinfxonani kulga aylantirgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ba'zi jarohatlangan bolalar og‘ir ahvolda. Maktabdagi barcha mashg‘ulotlar to‘xtatilgan.

Yong‘in sababi tekshirilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Afrika davlatida g‘ishtdan qurilgan maktablarda bolalar soni oshib ketgani sababli yog‘och va poxoldan qurilgan sinfxonalar ham talaygina. Ushbu davlat maktablarida yong‘inlar yuz berib tursa-da, ammo ular kamdan kam holatlarda bunday ko‘p sonli qurbonlarga olib keladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #yong'in , #Niger

Aloqador xabarlar