Afrika g‘arbida benzin tashuvchi mashina portlashi oqibatida yuzdan ortiq kishi halok bo‘ldi

Portlash odamlar to‘qnashuvga uchragan mashinadan tekin yonilg‘i olish uchun uning atrofiga to‘plangan vaqtda sodir bo‘lgan.

1730604
Afrika g‘arbida benzin tashuvchi mashina portlashi oqibatida yuzdan ortiq kishi halok bo‘ldi

 

Afrika g‘arbidagi Serra-Leone davlatida benzin tashuvchi mashina yuk mashinasi bilan to‘qnashib portlab ketdi.

Portlash oqibatida qurbonlar soni 101 nafarga yetdi.  

Mamlakat prezidenti Julius Maada Bio voqea joyiga yetib keldi. Bio tashrif davomida matbuotga bergan bayonotida, poytaxtdagi fojia qayg'uli ekanligini aytdi.

"Biz kasalxonada yotgan 100 dan ortiq odam uchun xavotirdamiz. Biz davlatimizning bor kuchini safarbar qildik va butun mamlakat bo'ylab tibbiyot xodimlariga minnatdorlik bildirmoqchiman",-deydi mamlakat prezidenti.

Prezident Bio davlat televideniyesiga bergan bayonotida, qurbonlar xotirasiga hurmat sifatida bugundan boshlab mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilinganini bildirdi. U diniy liderlarni halok bo'lganlar uchun duo qilishga chaqirdi.

Mahalliy OAVning ma'lumot berishicha, qurbonlar soni yuzdan ortishiga sabab shuki, portlash odamlar to‘qnashuvga uchragan mashinadan tekin yonilg‘i olish uchun uning atrofiga to‘plangan vaqtda sodir bo‘lgan. Ko‘plab odamlar jarohatlangan. O‘nlab binolarga shikast yetgan.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Serra-Leone

Aloqador xabarlar