Ilon Mask BMTga 6 mlrd dollar xayriya qilishga va'da berdi, biroq bir shart bilan

"Agar WFP qanday qilib 6 mlrd dollar dunyodagi ochlik muammosini hal qilishini tushuntirib bersa, men hoziroq Tesla aksiyalarini sotaman",-deb yozgan Ilon Mask tvitterda.

1728014
Ilon Mask BMTga 6 mlrd dollar xayriya qilishga va'da berdi, biroq bir shart bilan

 

Dunyodagi eng badavlat inson, amerikalik milliarder Ilon Mask ochlik muammosini qanday hal qilishni tushuntirsa, BMTga yordam berishga va'da berdi.

Ilon Mask 6 mlrd dollar mablag‘ dunyodagi ochlik muammosini hal qila olishiga shubha bildirdi.

U BMTning jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) vakillari bu qanday amalga oshishini tushuntirib berishsa, Tesla aksiyalarini sotib o‘sha pulni xayriya qilishga tayyorligini bildirdi.

"Agar WFP qanday qilib 6 mlrd dollar dunyodagi ochlik muammosini hal qilishini tushuntirib bersa, men hoziroq Tesla aksiyalarini sotaman",-deb yozgan Ilon Mask tvitterda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, izohda moliyalashtirish va mablag‘larni sarflash bo‘yicha ochiq ma'lumotlar bo‘lishi lozim.

27 oktyabr kuni WFP ijrochi direktori Devid Bisli milliarderlar Ilon Mask va Jyeff Bezosni "olg‘a qadam tashlashga" — 6 mlrd dollar xayriya qilishga chaqirgandi.

Bislining so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘ 42 mln kishining hayotini saqlab qolishi mumkin.

Ilon Mask o‘tgan haftada dunyoning eng boy odamiga aylandi. 25 oktyabr kuni uning boyligi miqdori 271,3 mlrd dollarga yetdi.


Tanlangan kalimalar: #BMT , #WFP , #Ilon Mask

Aloqador xabarlar