Braziliyada Duas Bokas g‘orining o‘pirilishi oqibatida 9 kishi halok bo’ldi

O‘pirilish ostida 10 kishi qolgan, biroq ulardan birini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. Yarador shifoxonaga yotkizilgan. 9 nafar o't o'chiruvchi halok bo’lgan.

1727420
Braziliyada Duas Bokas g‘orining o‘pirilishi oqibatida 9 kishi halok bo’ldi

 

Braziliyada o‘t o‘chiruvchilar mashg'ulot o'tkazayotgan Duas Bokas g‘oridagi o‘pirilish oqibatida 9 kishi halok bo’ldi.

Ushbu fojia San-Paulu shtatiga qarashli Altinopolis shahrida ro’y berdi.

San-Paulu shahridan 3300 km uzoqlikda joylashgan g‘orda mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgan bo‘lgan.

G'ordagi o’pirilish yakshanba kuni erta tongda, 28 nafar o't o'chiruvchining mashg'ulot jarayonida tunash uchun g'orda bo'lganida sodir bo'lgan. Shanba kuni tushdan keyin hududda kuchli jala quygandi.

O‘pirilish ostida 10 kishi qolgan, biroq ulardan birini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. Yarador shifoxonaga yotkizilgan. 9 nafar o't o'chiruvchi halok bo’lgan.

San-Paulu shtati gubernatori fojiada halok bo‘lgan o‘t o‘chiruvchilar oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Braziliya

Aloqador xabarlar