Namoyishlardan so'ng Sudandagi Xartum xalqaro aeroporti yopildi

Armiya qo'mondoni general Abdulfettah al-Burhonning favqulodda holat qaroridan so'ng fuqarolik ma'muriyati tarafdorlarining noroziliklariga guvoh bo'lgan Sudanda Xartum xalqaro aeroporti yopildi.

1725671

Sudan fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotda, aeroportning 26-30 oktyabr kunlari parvozlar uchun yopiq bo'lishi bildirildi.

Turk Havo Yo'llari ham mamlakatdagi voqealar tufayli Sudan poytaxti Xartumga bugun va ertaga parvozlarini bekor qildi.

25 oktabr kuni ertalab Sudanda bosh vazir Abdulla Hamduk va ko‘plab siyosatchilar hibsga olindi.

Fuqarolik qanotiga harbiy aralashuvdan so‘ng hukumatning fuqarolik qanoti va ko‘plab siyosiy partiyalar xalqni ko‘chaga chiqishga chaqirdi.

Chaqiruvdan so'ng poytaxt Xartumning turli joylarida to'plangan minglab sudanlik harbiy aralashuvga qarshi namoyishga chiqdi.

General Abdulfettoh al-Burhon favqulodda holat e'lon qilganliklarini, Suverenlik kengashi va vazirlar mahkamasi tarqatib yuborilganini, Sudanning barcha bo'limlarini ifodalovchi texnokratik hukumat tuzilishini e'lon qildi.

Tanlangan kalimalar: #Aerport , #Xartum , #favqulodda holat , #Sudan

Aloqador xabarlar