Hindistondagi ogʻir yogʻingarchilik suv toshqini va tuproq koʻchkilarga yoʻl ochdi

Hindistonning Kerala shtatida ogʻir yogʻingarchilik suv toshqini va tuproq koʻchkilarga yoʻl ochdi.

1720936
Hindistondagi ogʻir yogʻingarchilik suv toshqini va tuproq koʻchkilarga yoʻl ochdi

Hindiston janubidagi Kerala shtatida ogʻir yogʻingarchilik oqibatida sodir boʻlgan toshqin va koʻchkilarda 18 kishi halok boʻldi.

Hindistonning Kerala shtatida ogʻir yogʻingarchilik suv toshqini va tuproq koʻchkilarga yoʻl ochdi.

Mahalliy manbalar tomonidan berilgan bayonotda, 18 kishining halok boʻlgani va oʻnlab kishining bedarak yoʻqolgani ifoda etildi.

Qidiruv-qutqaruv faoliyatlarida Hindiston armiyasi, harbiy-havo kuchlari va dengiz floti ishtirok etdi.

Kerala shtati bosh vaziri Pinareyi Vijayanning aytishicha, barcha davlat idoralariga zarar koʻrgan hududlardagi insonlarni qutqarish, koʻchki va suv toshqini xavfi bor hududlarda yashovchilarni evakuatsiya qilish vazifasi topshirilgan.

Shtat yetakchiligi tomonidan berilgan bayonotda esa, ziyon koʻrgan hududlarda boshpanalar tashkil etilgani aytildi.

Hindiston meteorologiya boshqarmasi kecha bergan bayonotida, bundan keyingi 24 soatda yogʻingarchilikning yengil va oʻrta darajada davom etishini qayd etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Hindiston , #Kerala , #toshqin va koʻchki

Aloqador xabarlar