Norvegiyada kamon o‘qi bilan qurollangan shaxs besh kishini o‘ldirdi

Politsiya hozircha ushbu voqeani terakt sifatida baholashga ikkilanmoqda, biroq bunday ehtimol ustida tekshiruv olib borilmoqda.

1719440
Norvegiyada kamon o‘qi bilan qurollangan shaxs besh kishini o‘ldirdi

 

Norvegiyaning Kungsberg shahrida kamon va o‘qlar bilan qurollangan erkak tomonidan besh kishi o‘ldirildi va ikki kishi yaralandi. 

Shahar politsiya bo‘limi boshlig‘i Oyvind Aas ma’lum qilishicha, ushbu voqea Coop supermarketida sodir etilgan. Kamon va o’qlar bilan qurollangan shaxs odamlarga hujum uyushtirgan. Voqeada marketning politsiyachi xodimi jarohatlangan. U hozirda qo’lga olingan va tergov qilinmoqda.

Politsiya hozircha ushbu voqeani terakt sifatida baholashga ikkilanmoqda, biroq bunday ehtimol ustida tekshiruv olib borilmoqda.

Norvegiya bosh vaziri Erna Solberg “Norvegiya xalqi dahshatli voqeaga guvoh bo’ldi”,-dedi. U halok bo’lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Yaradorlarga shifo tiladi.


Tanlangan kalimalar: #Norvegiya

Aloqador xabarlar