Tolibon vakili boshqa davlatlarni Afg’onistonning ichki ishlariga aralashganlikda aybladi

“Biz hech kimning ichki ishlariga aralashganimiz yo’q. Boshqalardan ham ayni munosabatni kutib qolamiz”,-deydi Tolibon hukumatining tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaki.

1718300
Tolibon vakili boshqa davlatlarni Afg’onistonning ichki ishlariga aralashganlikda aybladi

 

Afg’onistonda Tolibon hukumatining tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaki boshqa davlatlarni Afg’onistonning ichki ishlariga aralashganlikda aybladi.

“Biz hech kimning ichki ishlariga aralashganimiz yo’q. Boshqalardan ham ayni munosabatni kutib qolamiz”,-deydi Amirxon Muttaki.

Muttaki Tolibon hech bir davlat aralashuvisiz mustaqil hukumat tuzganligini va Afg'oniston yangi hukumat ostida tinch muhitga erishganligini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Tolibon barcha davlatlar bilan muvozanatli munosabatlar va qo'shni davlatlar bilan yaxshi munosabatlar o'rnatish tarafdori.

Yevropa Ittifoqi bilan ham yaxshi munosabatlarni o'rnatish istagini tilga olgan Muttaki, afg'on muhojirlarining Yevropaga yuk bo'lishini istamasligini va bu hech kimga foyda keltirmasligini ta'kidladi.

“Afg'on xalqi islom olamining muhim bo’lagidir va biz yangi davrda arab va islom davlatlari bilan mustahkam ko'prik qurishimiz kerak”,-deydi Amirxon Muttaki.

Muttaki o'tgan yillarda Afg'oniston muzokaralariga mezbonlik qilgani uchun Qatarga minnatdorlik bildirdi va Amerika rasmiylari bilan 9-10 oktyabr kunlari Dohada bo'lib o'tgan muzokaralarga "ijobiy" baho berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar