Pokistonda 5,9 magnitudali yer silkinishi qayd etildi

Pokistonning Balujiston viloyatida 5,9 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.

1716069
Pokistonda 5,9 magnitudali yer silkinishi qayd etildi

Pokistonning Balujiston viloyatida sodir bo‘lgan 5,9 magnitudali yer silkinishida ilk aniqlshlarga ko‘ra 6 nafari yosh bola jami, 20 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlardan tashqari 300dan ortiq kishi tan jarohati oldi.

Pokiston Milliy seysmik kuzatuv markazi (NSMC) epitsentri Xarnay viloyati yaqini deb aniqlangan yer silkinishining yerning 15 kilometr terangligida qayd etilganini ma’lum qildi.

Ushbu markaz voqeaning mahalliy vaqt bilan soat 03:20da yuz bergani shuningdek uning Ketta, Sibbi, Pishin va Chamanda his qilinganini bildirdi.

Mahalliy matbuot tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra voqeada 6 nafari yosh bola jami 20 kishi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlardan tashqari 300 dan ortiq kishi tan jarohati olgan. Ko‘plab uy ziyon ko‘rib, ba’zi mintaqalarda tuproq ko‘chkisi kuzatilgan.

Yer silkinishi yuz bergan hududlarda qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Balıjiston , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar