Zelenskiyning birinchi o'rinbosari Sergey Shefirga suiqasd uyushtirildi

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 22 sentyabr kuni soat tahminan 10:00 da sodir bo‘lgan. Hozirda voqea joyida politsiya tergov guruhi ishlamoqda.

1709159
Zelenskiyning birinchi o'rinbosari Sergey Shefirga suiqasd uyushtirildi

 

Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning birinchi o'rinbosari Sergey Shefirning mashinasi o‘qqa tutildi, buning oqibatida mashina haydovchisi jarohat oldi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 22 sentyabr kuni soat tahminan 10:00 da sodir bo‘lgan. Hozirda voqea joyida politsiya tergov guruhi ishlamoqda.

Xabarga ko‘ra, parlamentning milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qo‘mitasi boshlig‘ining o‘rinbosari Maryana Bezuglaya Shefirni o‘ldirishga urinish bo‘lganini tasdiqlagan.

Maryana Bezuglayaning ma’lum qilishicha, mashina haydovchisi uchta o‘qdan jarohatlangan.

Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, mashinaning o‘ziga jami 10 ta o‘q otilgan.

 



Aloqador xabarlar