Britaniya o'z fuqarolarini Afg'onistonning Kobul aeroportiga bormasliklari haqida ogohlantirdi

Buyuk Britaniya o'z fuqarolarini "teraktlar xavfi yuqori" bo'lgani uchun Afg'onistonning Kobul aeroportiga bormasliklari haqida ogohlantirdi.

1697599
Britaniya o'z fuqarolarini Afg'onistonning Kobul aeroportiga bormasliklari haqida ogohlantirdi

Buyuk Britaniya o'z fuqarolarini "teraktlar xavfi yuqori" bo'lgani uchun Afg'onistonning Kobul aeroportiga bormasliklari haqida ogohlantirdi.

Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida Afg'onistonga sayohat bo'yicha tavsiyalar yangilandi.

Mamlakatdagi vaziyat "beqaror" bo'lib qolayotgani bildirilgan bayonotda,

"Teraktlar davom etayotgan va xavfi yuqori bo’lgan Kobul Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportga bormanglar. Agar siz aeroport hududida bo'lsangiz, xavfsiz joyga boring va yangi tavsiyalarni kuting". Deb aytilgan.

Bayonotda, shuningdek, "odamlar Kobul xalqaro aeroportiga borayotganda yomon muomala qilingan" degan da'volarni o'z ichiga olgan va avtomobilda sayohat qilish  ham "o'ta xavfli" ekanligi aytilgan.

Mudofaa vaziri Ben Uollesning aytishicha, mamlakatni tark etmoqchi bo'lgan Afg'onistonliklar chegaraga borib, aeroportga bormay, uchinchi davlatga borishga harakat qilishlari yaxshiroq bo'lar edi deb bildirgan.

Britaniya hali ham Afg'onistondan 2000 ga yaqin afg'on tarjimonlari va boshqa xodimlarni evakuatsiya qilishi kerak.

15 -avgustda Tolibon Kobulni ziddiyatsiz nazorat ostiga olganidan so'ng, ko'plab Afg'onistonliklar mamlakatni tark etish uchun aeroportga borishgan edi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar