Bag’dodda AQSh elchixonasi joylashgan hududga raketa hujumi sodir etildi

Amerika elchixonasiga ziyon yetmagan, yaqin atrofdagi ob’yektlarga yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda. Hozircha qurbonlar bor yoki yo’qligi ma’lum emas.

1682097
Bag’dodda AQSh elchixonasi joylashgan hududga raketa hujumi sodir etildi

 

Iroq poytaxti Bag’dodda AQSh elchixonasi joylashgan hududga raketa hujumi sodir etildi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Bag’dodning o’ta qattiq qo’riqlanadigan “Yashil hudud” zonasida joylashgan AQSh elchixonasi yaqiniga 2ta raketa kelib tushgan.

Amerika elchixonasiga ziyon yetmagan, yaqin atrofdagi ob’yektlarga yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda. Hozircha qurbonlar bor yoki yo’qligi ma’lum emas.

Iroq hukumati voqea bo’yicha biron rasmiy bayonot bermagan.

Hozircha hech bir terror guruhi raketa zarbasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Avvalgi bunday hodisalarda AQSh “Iroq xalqining safarbarlik kuchlari” (Hashd ash-Shaabitarkibida faoliyat yuritayotgan Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qurolli kuchlarni ayblagandi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #AQSh

Aloqador xabarlar