Mayamida ko‘p qavatli binoning qulashi oqibatida qurbonlar soni 64 nafarga yetdi

Florida shtati Mayami-Deyd okrugi rahbari Daniella-Livayn Kavaning ta'kidlashicha, qutqaruvchilar endi vayronalar ostidan tirik inson topish amri mahol ekanligini aytmoqda.

1672524
Mayamida ko‘p qavatli binoning qulashi oqibatida qurbonlar soni 64 nafarga yetdi

 

AQShning Florida shtati Mayami-Deyd okrugida ko‘p qavatli binoning qulashi oqibatida qurbonlar soni 64 nafarga yetdi. 76 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Bu haqda okrug rahbari Daniella-Livayn Kava ma’lum qildi.

Kavaning ta'kidlashicha, qutqaruvchilar endi vayronalar ostidan tirik inson topish amri mahol ekanligini aytmoqda.

Mayami tarkibiga kiruvchi Serfsayd shahrida 24 iyunga o‘tar kechasi 270ta xonadondan iborat bo’lgan 13 qavatli binoning bir qismi qulab tushgandi. Buning oqibatida yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan. 7 iyulda qutqaruv amaliyoti to‘xtatilgan, voqea joyida jasadlarni qidirish ishlari davom ettirilmoqda. 4-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30da  binoning butun qolgan qismi Elza bo‘roni yaqinlashayotgani sababli portlovchi moddalar yordamida buzib tashlangan.

Bundan 40 yil avval qurilgan ushbu bino 2018 yilda tekshirilganda “qurilmaning jiddiy shikast ko‘rgani” aniqlangan edi. Uqalana boshlagan betonni qayta ta’mirlashga taxminan 9 mln dollar mablag’ kerakligi bildirilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Mayami

Aloqador xabarlar