AQSh delegatsiyasi Kobul aeroporti xavfsizligini ta'minlash masalasi bo'yicha Turkiyaga keladi

“Shu hafta AQSh Davlat kotibligi va mudofaa vazirligi mutasaddi vakillaridan tashkil topgan delegatsiya Kobul aeroporti xavfsizligini ta’minlash masalasini muhokama qilish uchun Turkiyaga jo’nab ketadi”,-dedi AQSh mudofaa vazirligi kotibi mayor Rab Lodvek

1664019
AQSh delegatsiyasi Kobul aeroporti xavfsizligini ta'minlash masalasi bo'yicha Turkiyaga keladi

 

AQSh Davlat kotibligi va mudofaa vazirligi vakillaridan tashkil topgan delegatsiya Turkiyaga tashrif buyuradi.

Tomonlar Afg’onistonda “Xamid Karzay” nomidagi Kobul aeroporti xavfsizligini ta'minlash masalasini muhokama qiladi.

Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi kotibi mayor Rab Lodvek ma’lum qildi.

“Shu hafta AQSh Davlat kotibligi va mudofaa vazirligi mutasaddi vakillaridan tashkil topgan delegatsiya Kobul aeroporti xavfsizligini ta’minlash masalasini muhokama qilish uchun Turkiyaga jo’nab ketadi”,-dedi Rab Lodvek.

AQSh harbiy bosh shtabi boshlig’i, general Mark Myulley esa, hozircha ushbu mavzu bo’yicha biron kelishuv tuzilmaganligini, biroq muzokaralar olib borilishini ma’lum qilgan.

“Shu hafta Turkiya bilan yig’ilish o’tkazamiz. Menimcha kelishib olishga bir bahya qoldi.  Yakuniy qaror haqida hozircha ayta olmayman, lekin Kobul aeroportining xavfsizligi ta’minlanishiga ishonaman”,-deydi u.

Turkiya AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etganidan so‘ng Kobul aeroporti xavfsizligini ta'minlashni rejalashtirmoqda.

Ikki mamlakat prezidentlari Jo Bayden va Rajab Tayyip Erdo‘g‘an NATO sammiti doirasida amalga oshirgan o‘zaro uchrashuvida bu haqda gaplashishgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Kobul , #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar