Isroilda Itsxak Gersog prezident etib saylandi

Isroildagi ishchi partiyasi sobiq rahbari va yahudiy agentligi rahbari Itsxak Gersog Isroilning yangi prezidenti sifatida tasdiqlandi. U mamlakat tarixida sobiq prezidentning o‘g‘li bo‘lgan ilk davlat rahbari hisoblanadi.

1650878
Isroilda Itsxak Gersog prezident etib saylandi

 

Isroil parlamenti mamlakat prezidentligi uchun Itsxak Gersog nomzodini ma’qulladi. Parlamentning 120 a'zosidan 87 nafari uning nomzodini qo‘llab-quvvatlagan. Bu lavozimda Itsxak Gersog 9 iyulda muddati tugaydigan amaldagi prezident Reuvin Rivlinning o‘rnini egallaydi.

U bunga qadar diaspora munosabatlari va yahudiylarni Isroilga qaytarish bilan shug‘ullanadigan Yahudiylar agentligi rahbari bo‘lgan.

Shuningdek, Itsxak Gersog sobiq prezidentning o‘g‘li bo‘lgan ilk davlat rahbariga aylandi. Uning otasi 1983-1993 yillarda Isroilning oltinchi prezidenti bo‘lgan Xaim Gersog hisoblanadi.

 

Itsxak Gersog kim?

Itsxak Gersog 1960 yil Tel-Avivda tug‘ilgan. Dastlab davlat diniy maktabida, so‘ng Manxettendagi yahudiylar maktabida o‘qigan. U yurisprudensiya bo‘yicha birinchi ilmiy darajaga ega. Kornell universiteti va Nyu-York universitetlarida tahsil olgan.  

1999-2001 yillar Bosh vazir huzuridagi hukumat kotibi, 2000-2003 yillar Giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha milliy ma'muriyat raisi lavozimida ishlagan. 2003 yil u Knessetga (Isroil parlamenti) saylangan. 2005-2007 yillar Qurilish vaziri, 2006-2007 yillar Turizm vaziri, 2007-2009 yillar Jamiyat, diaspora va antisemitizm vaziri bo‘lgan.

2013 yilda esa Leyboristlar partiyasi rahbarligiga saylangan va oppozitsiya kompaniyasiga rahbarlik qilgan. 2016 yilda u moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda gumon qilingan, ammo yetarli dalil yo‘qligi sababli ish yopilgan. 2018 yilda yahudiylar agentligi raisligiga saylangandan keyin Knessetni tark etgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Itsxak Gersog

Aloqador xabarlar