Afg’onistonning Kobul shahrida portlashlar sodir etildi

Afg’onistonning Kobul shahrida birin-ketin sodir etilgan portlashlarda 10 kishi halok bo’ldi, 12 kishi jarohatlandi. Bu haqda Afg’oniston ichki ishlar vazirligi kotibi Xamid Rushan ma’lum qildi.

1650269
Afg’onistonning Kobul shahrida portlashlar sodir etildi

 

Afg’onistonning Kobul shahrida birin-ketin sodir etilgan portlashlarda 10 kishi halok bo’ldi, 12 kishi jarohatlandi.

Bu haqda Afg’oniston ichki ishlar vazirligi kotibi Xamid Rushan ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, ushbu portlashlar Kobulning Sari Kriz va Golay Davoxona mahallasida ro’y bergan. Portlashlarda 10 kishi halok bo’lgan, 12 kishi jarohatlangan.

Portlashda aynan tinch aholi vakillari nishonga olinganligini ma’lum qilgan Xamid Rushan, bu insoniyatga nisbatan jinoyat ekanligini qayd etdi.

Portlash kimlar tomonidan sodir etilgani ma’lum emas. Tergov harakati olib borilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Kobul , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar