Isroil hujmi yuzasidan G‘azoda kamida 75 ming kishi uy - joyidan mahrum bo‘ldi

BMT Isroil hujmi yuzasidan G‘azoda kamida 75 ming kishining uy - joyidan mahrum bo‘lganini ma'lum qildi.

1642650
Isroil hujmi yuzasidan G‘azoda kamida 75 ming kishi uy - joyidan mahrum bo‘ldi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 75 ming kishining o‘z uy - joyidan mahrum qilinganini ma’lum qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalar bo‘yicha ofisi (OCHA) vakili Yens Laerke, mintaqadagi vaziyatning yomonlashib borayotganini bildirdi.

Laerke, G‘azoga gumanitar yordam ashyolarini yetkazib berish guruhlari, ularning muhim mollarni mintaga olib kirishi va yordamlarning hammasini G‘azoda xavfsiz ravishda tarqatib berilishi uchun o‘q uzishni to‘xtatish haqida kelishib olingunga qadar to‘qnashuvlarning vaqtinchalik bo‘lsa ham to‘xtatilishi kerakligini taklif qildi.

Isroilning G‘azoga qarshi 10 - maydan beri uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 75 ming kishining o‘z uy - joyini tark etishga majbur qilinganini ham ifoda etgan Laerke, ulardan 47 ming nafarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining falastinlik muhojirlar agentligiga (UNRWA) tegishli 58 maktabda jon saqlayotganini qayd etdi.

Laerke, o‘z uy - joyidan mahrum qilingan 28 ming 700 kishining ham mintaqadagi oilalar tomonidan mehmon qilinganini bildirdi.

Isroilning 10 - maydan beri G‘azo sektorida uyushtirgan hujumlarida 64 nafari yosh bola jami 228 kishi shahid bo‘lar ekan 1620 kishi tan jarohati oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #G‘azo , #BMT , #Isroil hujmi

Aloqador xabarlar