Isroil armiyasi G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarini to‘xtatmadi

Isroil armiyasi G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarini 10 - maydan beri to‘xtatmadi.

1642322
Isroil armiyasi G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarini to‘xtatmadi

Isroil armiyasi qamal ostidagi G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida uylarni, qishloq xo‘jaligi maydonlari va Falastin qarshilik guruhlari obyektlarini nishonga oldi.

Isroil urush uchoqlarining G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahridagi kvartirani nishonga olishi oqibatida tan jarohati olganlar borligi xabar qilindi. Hujumlarda Xon Yunusning yapon mahallasi va Refax shahrining Shabura mintaqasida joylashgan ikkita uy ham vayron bo‘ldi.

Urush uchoqlari Jibaliya muhojirlar lageridagi Shuheda maydonini ham bombaladi. Tan jarohati olganlar ham qayd eitlgan hujum paytida infratuzilma ham jiddiy ziyon ko‘rdi.

G‘azoning janubidagi Shayx Aklin mintaqasida bir qishloq xo‘jaligi dalasi bilan bir bosh transportni nishonga olgan Isroil urush uchoqlari, G‘azoning janubida, Refah va Dayr al-Balahdagi Falastin qarshilik guruhlariga oid uchta mavzeni bombaladi.

Isroil armiyasi G‘azo sektorining markaziy qismida joylashgan Nusayrat muhojirlar lageridagi qishloq xo‘jaligi yerlariga ham havodan hujum uyushtirmoqda. Isroil armiyasining Bayt Xonunda yo‘lga qo‘ygan hujumlarida bir qishloq xo‘jaligi maydonida yong‘in kelib chiqdi.

Shuningdek, Isroil urush uchoqlaridan tashqari qayiqlari ham G‘azoning shimoli va Xon Yunusning sohil qismini bombaladi.

Isroilning G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida 10 – maydan beri 64 nafari yosh bola jami 227 kishi shahid bo‘ldi. Shahid bo‘lganlardan tashqair 1620 kishi tan jarohati oldi.


Tanlangan kalimalar: #G‘azo sektori , #Isroil armiyasi

Aloqador xabarlar