Bayden:“Isroil raketa zarbalariga qarshi o’zini himoya qilishga haqli”

AQSh prezidenti Jo Bayden Falastinda ro’y berayotgan hodisalarga munosabat bildirdi.

1638746
Bayden:“Isroil raketa zarbalariga qarshi o’zini himoya qilishga haqli”


AQSh prezidenti Jo Bayden Falastinda ro’y berayotgan hodisalarga munosabat bildirdi.

Isroil bosh vaziri Netanyahu bilan telefon orqali muloqot qilganligini ma’lum qilgan Bayden, yaqinda muloqot tafsilotlari haqida rasmiy bayonot berilishini bildirdi.

Bayden Isroil, Misr, Saudiya Arabistoni va BAA bilan Isroil-Falastin mojarolarini muhokama qilgan.

Yaqinda keskinlikka chek qo’yilishidan umidvorligini tilga olgan Bayden: “Isroil minglab raketa zarbalariga qarshi o’zini himoya qilishga haqli”,-dedi.

Oq uy Bayden va Netanyahu muloqoti haqida bayonot berdi.

“Bayden Hamas va boshqa terror guruhlarining Quddus va Tel Avivga amalga oshirgan raketa hujumlarini qoralaydi. Prezident Isroil o’z xavfsizligini, shuningdek ushbu mamlakatning o’z xalqini himoya qilishga haqli deb biladi va uni qo’llab-quvvatlaydi”,-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Isroil , #AQSh , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar