Tolibon Ramazon hayitida o‘q uzmaslik haqida qaror qabul qildi

Tolibon, Ramazon hayitida o‘q uzmaslik haqida qaror qabul qilgani borasida bayonot berdi.

1637245
Tolibon Ramazon hayitida o‘q uzmaslik haqida qaror qabul qildi

Afg‘onistonda Tolibon Ramazon hayitida 3 kun o‘q uzmasligini bildirdi.

Tolibon tomonidan berilgan bayonotda, jangarilariga hayit kunlari o‘q uzmasligi, hech qanday hujum uyushtirmasligi uchun buyruq berilganini ma’lum qildi.

Bayonotda, Tolibon jangarilarining hukumat nazoratigi mintaqaga va huddi shunday hukumat kuchlarining ham Tolibon nazoratidagi mintaqalarga sayohat qilolmasligi qayd etildi.

Xalqning hayit kunlarini tinch va xavfsiz ravishda o‘tkazishi uchun o‘q uzmaslik haqida qaror qabul qilingani ifoda etilgan bayonotda, bu jarayonda qarshi tomondan qanaqadir o‘q uzulgudek bo‘lsa unda unga javob berilishi ta’kidlandi.

Hukumat hali hanuz Tolibonning o‘q uzmaslik haqidagi qarori haqida bayonot bermadi.



Aloqador xabarlar