Hindistonda epidemiologik vaziyat yomonlashib bormoqda

Hindistonda epidemiologik vaziyat tobora yomonlashib bormoqda. Mamlakatda to‘rt kun ichida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq bir million holat qayd etildi.

1626319

So’nggi bir sutkada aniqlangan 314 mingdan ortiq kasallanish holati pandemiya boshidan beri dunyo miqyosida kuzatilgan eng yuqori ko’rsatgich deb topildi.

Mutahassislar mamlakatda sog’liqni saqlash tizimi cho’kish arafasida ekanligini ma’lum qilmoqda.

Poytaxt Yangi Dehlidagi shifoxonalarda sun’iy nafas oldirish jihozlari, kislorod apparatlari, yotoq va koronavirusni davolashda muhim bo’lgan ba’zi dori vositalari yetishmayotir.

Shifoxonalarda faoliyat ko’rsatgan tibbiyot xodimlari hukumatni darhol shoshilinch chora ko’rishga va kamchiliklarni bartaraf etishga chaqirmoqda.

Pandemiya boshlanganidan beri Hindistonda 15 milliondan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan, 180 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Hindiston

Aloqador xabarlar