Chexiya rossiyalik 18 nafar diplomatni chiqarib yubormoqda

Bayonotga ko'ra, chiqarib yuborilayotgan diplomatlar Rossiya maxsus razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilishda, shuningdek 2014 yilda mamlakatning janubiy Moraviya hududidagi o'q-dori omborida ro'y bergan portlashga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

1623605
Chexiya rossiyalik 18 nafar diplomatni chiqarib yubormoqda

 

Chexiya 2014 yilda o‘q-dori omborxonasida sodir bo'lgan portlashga aloqadorlikda gumonlab, rossiyalik 18 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi.

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Andrej Babish bayonot berdi.

Bayonotga ko'ra, chiqarib yuborilayotgan diplomatlar Rossiya maxsus razvedka xizmatlari - GRU va SVR bilan hamkorlik qilishda, shuningdek 2014 yilda mamlakatning janubiy Moraviya hududidagi o'q-dori omborida ro'y bergan portlashga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Chexiya bosh vazir o'rinbosarining diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish to'g'risidagi qarori Rossiyaning Chexiyadagi elchixonasiga ham bildirilgan. Shuningdek, bu haqda prezident Milos Zemanga ham ma'lumot yetkazilgan.

Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish ma'lum qilishicha, diplomatlar Chexiyani 48 soat ichida tark etishi kerak bo‘ladi. 

Babish ushbu agentlar 2014 yil Zlin shahri yaqinidagi Vrbetitse qishlog‘ida joylashgan o‘q-dori omborida ro‘y bergan va ikki kishining hayotiga zomin bo‘lgan portlashga aloqadorlikda gumonlash uchun asoslar borligini aytib o‘tgan. Ushbu portlash tufayli yuzlab aholi evakuatsiya qilingandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #diplomat , #Rossiya , #Chexiya

Aloqador xabarlar