Misr Turkiya bilan ikki tomon manfaatiga munosib aloqa qurishni xohlaydi

Misr Tashqi Ishlar vaziri Samih Shukriy Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan telefon orqali o‘tkazgan muloqati haqida mahalliy telekanalga bayonot berdi.

1619492
Misr Turkiya bilan ikki tomon manfaatiga munosib aloqa qurishni xohlaydi

Misr Tashqi Ishlar vaziri Samih Shukriyning qayd etishicha Misr Turkiya bilan ikki tomon manfaatiga munosib muloqat va xalqaro huquq qoidalari asosida munosabatlar tashkil etishni xohlaydi. 

Shukriy Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan telefon orqali o‘tkazgan muloqati haqida mahalliy telekanalda bergan bayonotida, Turkiyaning oxirgi vaqtlardagi munosabatini yuqori baholaganliklarini bildirdi.

Siyosiy ko‘rsatkichlar bosqichidan munosabatlar doirasini belgilovchi “siyosiy ochilish” pog‘onasiga o‘tilishiga alohida e’tibor berganliklarini eslatib o‘tgan Shukriy, Chavusho‘g‘lu bilan ramazon oyining kelishi munosabati bilan tabriklashish maqsadida telefon orqali muloqat qilganini bildirdi.

Shukriy, ushbu muloqatning Turkiyaning Misrning ahamiyati haqida bergan bayonotlari va imo - ishoralari ortidan  yo‘lga qo‘yilganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

“Misr har ikki tomon manfaatiga munosib muloqat va xalqaro huquq qoidalari asosida munosabatlar tashkil etishni xohlaydi”. - degan Shukriy, kerakli zamin tashkil etilganida bularning siyosiy muzokaralar tarzida bo‘lishiga ham alohida e’tibor berganliklarini ifoda etdi.   

Eslatib o‘tamiz Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu 10 - aprel kuni Misr Tashqi Ishlar vaziri Samih Shukriy bilan ramazon oyini tabriklash maqsadida telefon orqali muloqat qilgandi.



Aloqador xabarlar